Bu darsda biz Linux terminali bilan tanishamiz. Terminal — DevOps muhandisining asosiy quroli.
Nima o‘rganamiz
- Terminal nima va u qanday ishlaydi
- Asosiy navigatsiya buyruqlari
- Fayl va papkalar bilan ishlash
Asosiy buyruqlar
Joriy papkani ko‘rish:
pwd
Papkadagi fayllar ro‘yxati:
ls -la
Papkaga o‘tish:
cd /home/user/loyiha
Disk hajmini ko‘rish:
df -h
Papka hajmini ko‘rish:
du -sh
Jarayonlarni jonli kuzatish:
top
Barcha jarayonlar ro‘yxati:
ps aux
Uyga vazifa
Terminalda yangi papka yarating va uning ichiga kiring. Keyingi darsda fayllar bilan ishlashni davom ettiramiz.